Isroil Livan poytaxtiga zarba berdi, oqibatida to'rt kishi halok bo'ldi

    Isroilning Livan poytaxti Bayrutning janubiy chekkasiga bergan zarbasi oqibatida halok bo'lganlar soni to'rt kishiga yetdi.

    Bu haqda Livanning Al Mayadeen telekanali mamlakat Sog'liqni saqlash vazirligi bayonotiga tayanib xabar berdi.

    Avvalroq Livanning Al Jadeed telekanali Sog'liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga tayanib, zarba oqibatida 3 kishi halok bo'lgani va 74 kishi jarohatlangani haqida xabar bergan edi.

    “Livan Sog'liqni saqlash vazirligi: to'rt kishi halok bo'ldi, ulardan ikki nafari bola, 74 kishi yaralandi, bedarak yo'qolganlarni qidirish davom etmoqda”, deyiladi telekanalning Telegram-kanalida.

    Seshanba kuni Bayrutning janubiy chekka hududlari Isroil havo hujumlariga uchradi. Isroil mudofaa kuchlari Livan poytaxtiga hujum “Hizbulloh”ning yuqori martabali qo'mondonini yo'q qilish maqsadida amalga oshirilganini tasdiqladi, SAXALga ko'ra, u 12 nafar bolaning halok bo'lishiga sabab bo'lgan hujum uchun javobgar. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Isroilning Livanga bergan zarbalarini xalqaro huquqning buzilishi deb atadi, deb xabar beradi ria.ru.