Isroil Madrimov BoxRec reytingida 1-oʻringa koʻtarildi

    Birinchi oʻrta vaznda WBA chempioni Isroil Madrimov (10-0-1, 7 KO) dunyoga mashhur BoxRec boks statistika sayti reytingi peshqadamiga aylanib oldi.

    “Mir Boksa” promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qilib kelayotgan 29 yoshli charm qoʻlqop ustamiz oʻtgan oyda vakant boʻlib turgan WBA kamari uchun kechgan jangda magʻlubiyat nimaligini bilmay kelayotgan rossiyalik Magomed Kurbanovni texnik nokautga uchratgan edi.

    Ushbu tarixiy gʻalabadan keyin Madrimov The Ring jurnali hamda ESPN portali tomonidan birinchi oʻrta vazn toifasi reytingida uchinchi oʻringa koʻtarilib olgandi.