Butunjahon boks assosiatsiyasi (WBA) kamari uchun ringga koʻtariladigan vakilimizning raqibi rossiyalik Magomed Qurbonov (25-0, 13 KO) boʻladi.
Takidlash joiz, WBA chempionlik unvoniga amerikalik Jermell Charlo egalik qilayotgandi, biroq u boshqa vazn toifasiga oʻtdi. Qurbonov va Madrimov WBA reytingida dastlabki ikki pogʻonani egallab turibdi va ular boʻsh qolgan kamarga daʼvogarlik qiladi.
Maʼlumot uchun, 8-mart kuni oʻtkaziladigan boks oqshomining markaziy jangi superogʻir vazn toifasida sobiq jahon chempioni britaniyalik Entoni Joshua va sobiq UFC chempioni kamerunlik Frensis Ngannu oʻrtasida boʻlib oʻtadi.