Ichki ishlar vazirligining Madaniyat saroyida «Namunali huquq tartibot maskani» respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Taʼkidlanishicha, Ichki ishlar organlarining namunali huquq tartibot maskani va faol jamoatchilik vakillari oʻrtasida Respublika koʻrik tanlovi bu yildan boshlab birinchi marta oʻtkazilmoqda. Tadbirda gʻoliblar taqdirlandi.
Shuningdek, tadbir soʻnggida Super oʻrta vazn toifasida WBA kamarini qoʻlga kiritib, professional boks boʻyicha yangi jahon chempioni boʻlgan Ismoil Madrimov ham eʼtirof etilib, unga Ichki ishlar vaziri tomonidan muddatidan oldin mayor maxsus unvoni tantanali tarzda topshirildi.