Isroil Madrimovga Prezident sovgʻasi topshirildi

    Yaqinda professional boksda oʻz yurishini davom ettirayotgan bokschimiz Isroil Madrimov oʻzining chempionlik jangini oʻtkazdi.

    Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida tashkil etilgan boks oqshomida, super oʻrta vazn kamari uchun Magomed Kurbonov 5 raunddayoq taslim etildi.

    Bugun esa bokschimiz yurtimizga qaytib keldi. Madrimovni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida, Oʻzbekiston Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston boks federatsiyasi rasmiylari, qator mutasaddilar, ommaviy axborot vositalari vakillari va sportchining yaqinlari tantanali tarzda kutib oldi.

    Tadbir yakunida esa, superoʻrta vazn toifasi WBA yoʻnalishida jahon chempioni Isroil Madrimovga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovgʻasi sifatida “Chevrolet Tahoe” mashinasi topshirildi.