Isroil parlamenti Falastin davlati tashkil etilishiga qarshi ovoz berdi

    Isroil Knesseti (parlamenti) Falastin davlatini tashkil etishga qarshi rezolyutsiya uchun ovoz berdi, deb xabar beradi Times of Israel.

    Nashr ma'lumotlariga ko'ra, rezolyutsiya uchun 68 kishi ovoz berdi, to'qqiz kishi qarshi chiqdi. Ushbu hujjat, hatto, Isroil bilan muzokara olib borish yo'li bilan hal qilinishi nuqtai nazaridan ham, Falastin davlati tashkil etilishini qat'iy rad etadi, deb xabar beradi ria.ru.

    “Isroil Knesseti Iordaniyaning g'arbiy qismida Falastin davlatining tashkil etilishiga keskin qarshi. Falastin davlatining tashkil etilishi Isroil davlati va uning fuqarolari uchun ekzistensial xavf tug'diradi, Isroil-Falastin mojarosini davom ettiradi va mintaqani beqarorlashtiradi”, deb rezolyutsiyadan iqtibos keltiradi nashr.