Bu haqda Islom inqilobi qo'riqchilari korpusi (Eron Qurolli Kuchlarining elita bo'linmalari) ma'lum qildi, deb xabar beradi report.az.
“Bir necha soat oldin Isroil samolyoti yangi jinoyat sodir etib, Eron Islom Respublikasining Damashqdagi konsulligi binosiga raketa hujumi uyushtirdi”, deya Islom inqilobi qo'riqchilari korpusi jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi bayonotidan iqtibos keltirdi IRNA agentligi. “Ushbu jinoyat oqibatida Eronning Suriyadagi oliy harbiy maslahatchilari brigada generali Muhammad Rizo Zohidiy va brigada generali Muhammad Hodi Hoji Rahimiy hamda ularga hamroh bo'lgan besh ofitser halok bo'ldi”, deyiladi xabarda.