Bu haqda anklav Sog'liqni saqlash vazirligining Telegram-sahifasida e'lon qilingan bayonotda aytiladi.

“Isroil harbiylarining harakatlari 364 shifokorning o'limiga olib keldi, 126 ta tez yordam mashinasi zarbaga uchrab, yaroqsiz holga kelib qoldi. Shuningdek, Isroil 155 ta tibbiyot muassasasiga zarba berdi, buning natijasida kamida 32 kasalxona va 53 tibbiyot markazi faoliyatini to'xtatishga majbur bo'ldi, deyiladi G'azo Sog'liqni saqlash vazirligi xabarida. Uning qo'shimcha qilishicha, Isroil harbiylari tomonidan qo'lga olingan shifokorlar soni 269 nafarga yetgan, ular orasida Xon-Yunis va shimoliy tumanlar kasalxonalari bosh shifokorlari ham bor.

G'azo Sog'liqni saqlash vazirligining so'nggi ma'lumotlariga ko'ra, o'tgan yilning oktabr oyidan buyon anklavda kamida 30 534 kishi halok bo'lgan, 71 920 kishi jarohatlangan, deb xabar beradi tass.ru.