Isroil va Livan o'rtasidagi sulh kuchga kirdi

    Isroil va Livan o'rtasidagi o't ochishni to'xtatish kelishuvi kuchga kirdi.

    Seshanba kuni kechqurun Isroil harbiy-siyosiy mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Isroil va Livan o'rtasidagi o't ochishni to'xtatish kelishuvi mahalliy vaqt bilan chorshanba kuni ertalab soat 04:00 da kuchga kirdi.

    Isroilda otishma yoki uchuvchisiz samolyotlarning kirib kelishi haqida ogohlantiruvchi signal sirenalari oxirgi marta to'rt soatdan ko'proq vaqt oldin yangradi. Shuningdek, Livan ham so'nggi bir necha soat ichida Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) tomonidan hujumlar sodir etilgani haqida xabar bermadi.

    Seshanba kuni kechqurun Isroil harbiy-siyosiy mahkamasi mutlaq ko'pchilik ovoz bilan Livan bilan o't ochishni to'xtatish haqidagi kelishuvni ma'qulladi. Tasdiqlashdan oldin Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu xalqqa murojaat qilib, shimoliy frontda o't ochishni to'xtatish zarurligini tushuntirib, Livanning “Hizbulloh” harakati tomonidan sulh buzilgan taqdirda Isroil javob qaytarishini va jangovar harakatlarni davom ettirishini ta'kidladi, deb xabar beradi ria.ru.