Isroil Yamanga havodan zarbalar berdi

    Isroil harbiy-havo kuchlari Yamandagi husiylarning harbiy obyektlariga havodan zarbalar berdi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari ma'lum qildi.

    Al-Jazira telekanali xabariga ko'ra, Ras-Issa va Xodeyda bandargohlaridagi neft tanklariga hujum qilindi.

    “Nishonlar elektr stansiyalari va neft importi uchun foydalaniladigan dengiz bandargohi bo'lib, husiylar terrorchi rejimi tomonidan undan mintaqaga harbiy yuk va neftdan tashqari Eron qurollarini yetkazib berishda foydalanilgan”, deb xabar qildi SAXAL matbuot xizmati Telegram kanalida.

    Armiya bayonotida, shuningdek, zarbalar husiylarning Isroilga qilgan hujumlariga javoban amalga oshirilgani aytiladi. “O'tgan yil davomida husiylar Eron ko'rsatmasi va moliyaviy ko'magi ostida harakat qilishdi”, - deya qo'shimcha qildi SAXAL.

    28-sentabr kuni Yamanning “Ansor Allah” harakati (husiylar) Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Tel-Avivdagi Ben-Gurion aeroportida bo'lgan chog'ida aeroportga hujum uyushtirganini e'lon qildi. SAXALning xabar berishicha, havo hujumidan mudofaa tizimi raketani tutib olgan, deb xhabar beradi kommersant.ru.