— Chegaralash 19-sentyabrdan boshlanadi, — dedi Isroil telekanallari namoyish etgan matbuot anjumanida Bosh vazir Netanyaxu. — Bugun hukumat yigʻilishida biz choʻzilish ehtimoli bilan uch haftaga karantin eʼlon qilish haqida qaror qabul qildik. Lekin hozirgi paytida Simxat Tora bayramigacha (9-oktyabr kechqurundan 10-oktyabr kechki paytgacha. — tahririyat izohi).
Payshanba kuni Koronavirus boʻyicha hukumat komissiyasi 18-sentyabrdan boshlab yevreylar bayramlari davriga chegaralashni taklif etdi.
Taklif fuqarolarning harakatini chegaralashni, shuningdek, hayotiy zarurat yoʻlidagi ishlab chiqarishlardan tashqari barcha obyektlarning — taʼlim muassasalarining yopilishini, restoran va kafelar, idoralar va ofislar faoliyatining toʻxtatilishini oʻz ichiga oladi, deb xabar beradi hukumat matbuot-xizmati.
Isroilda soʻngi paytlarda COVID-19 bilan kasallanishlar soni oshib boryapti. Mart oyida koronavirusning birinchi toʻlqinining avjida kunlik oʻsish ming nafardan oz odamni tashkil etgan. May oyida kasallanish minimum darajaga tushgan. Lekin yozda vaziyat keskin oʻzgargan. Epidemiyaning ikkinchi toʻlqini birinchisidan ikki baravar kuchli ekani ayon boʻlgan.