Diplomatik missiya “murakkab vaziyat vujudga kelayotganini eʼtiborga olib”, fuqarolardan shaxsiy xavfsizlik choralarini koʻrish, raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikni soʻradi.

"Hozirgi paytda mamlakatda murakkab vaziyat vujudga kelayotganligini eʼtiborga olib oʻzingizning shaxsiy xavfsizlik choralarini koʻrishingizni va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikni tavsiya etamiz.

Zaruriyatsiz koʻchaga va boshqa koʻngilochar muassasalarga tashrif buyurmang. Elchixonaga (konsullik xizmatlarini olish uchun) kelishni vaqtincha toʻxtatib turishni soʻraymiz. Iltimos, oʻz hayotingizni ehtiyot qiling!" deyiladi Oʻzbekistonning Isroildagi Elchixonasi xabarnomasida.

Elchixona konsullik boʻlimi ishonch telefonlari:

 03-672-2466
 03-672-2371
 03-758-5075
 03-758-5076

 Favqulodda holatlarda va shoshilinch xabarlar uchun:

 +972 54 485 1397