Bu haqda O'zbekistonning Isroildagi elchixonasi ogohlantirish bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, elchixona Isroildagi hozirgi holatni inobatga olgan holda barcha fuqarolarni shaxsiy xavfsizlik choralariga jiddiy e'tibor qaratishga chaqirgan.
Shuningdek, diplomatik idora mintaqada xavfsizlik holati tez o'zgarishi mumkinligi sabab Isroil rasmiy idoralari, mahalliy hokimiyat organlarining xabar va ko'rsatmalariga amal qilishni, ommaviy tadbirlar o'tkazilayotgan joylarga borishdan, odamlar gavjum hududlarda uzoq vaqt qolishdan saqlanishni so'ragan.