Qayd etilishicha, Isroildagi joriy xavfsizlik vaziyati munosabati bilan mamlakat Ichki ishlar vazirligi hamda Aholi va immigratsiya masalalari boshqarmasi tomonidan quyidagi turdagi vizalar muddati avtomatik tarzda 2025-yilning 30-sentyabrigacha uzaytirildi.
- B/1 — ishlash uchun (umumiy);
- B/2 — sayyohlik vizasi;
- A/1 — repatriantlar vizasi;
- A/2 — talabalar vizasi;
- A/3 — diniy xodimlar vizasi;
- A/4 — A/2 va A/3 viza egalarining oila aʼzolari vizasi.
Isroildagi xorijiy fuqarolar hech qanday qoʻshimcha harakatlar talab qilinmaydi — muddat uzaytirilishi avtomatik ravishda amalga oshiriladi, — deyiladi xabarda.









