Isroilliklar ko'chada niqob taqmay yurishibdi

    Isroilda koronavirus bilan kasallanish holatlari pasayishi sababli koʻchada niqob taqish talabi bekor qilindi.

    Oʻz yashash joylaridan tashqari, boshqa binolarda niqob taqish majburiy boʻlib qolmoqda. Mamlakat aholisining 50 foizidan ortigʻi COVID-19 ga qarshi emlandi.

    Isroil Sogʻliqni saqlash vazirligi mamlakatda koronavirus bilan yuqtirish darajasining pasayishi munosabati bilan koʻchada himoya niqoblarini taqish talabini bekor qildi. Bu haqda vazirlik maʼlumotlariga asoslanib TASS xabar bermoqda.

    SSV ochiq havoda boʻladigan yigʻilishlarda niqob taqishni davom ettirishni tavsiya etdi. Oʻz yashash joylaridan tashqari, boshqa binolarda niqob taqish majburiy boʻlib qolmoqda.

    Vazirlik shuningdek, isroilliklarga “koʻchada boʻlsa ham oldilarida niqob olib yurishni”ni maslahat berdi.

    20-dekabrda Isroilda koronavirusga qarshi vaksinatsiya jarayonlari boshlandi.

    18-aprel holatiga koʻra, Pfizer vaksinasining birinchi dozasi bilan mamlakatning 5 mln 350 ming 327 nafar fuqarosi, ulardan ikkinchi dozasi bilan 4 mln 977 ming 399 nafari emlandi.