Bu haqda TASS muxbiriga mahalliy fuqaro mudofaasi xizmatidagi manba ma'lum qildi.
“Havo hujumi oqibatida turar-joy binosi butunlay qulab tushdi va Xorsh-Bayrut shahar parki hududidagi tunnel yonidagi o'tish joyini va aeroportga boradigan yo'lni to'sib qo'ydi”, dedi u.
Unga ko'ra, portlash sodir bo'lgan joyga qutqaruv guruhlari yetib kelgan va vayronalarni tozalashga kirishgan.
“Ushbu ko'p qavatli binoda “Hizbulloh” shia tashkilotining idoralari yoki obyektlari bo'lmagan, birinchi qavatda notarius idorasi bo'lgan”, deb ta'kidladi suhbatdosh. Hozircha ehtimoliy qurbonlar va jarohatlar haqida ma'lumot yo'q.
Ertalab Isroil qo'mondonligi tomonidan shaharni bombardimon qilish haqida yuborilgan ogohlantirishdan so'ng, ushbu dahadagi barcha uylardan aholi evakuatsiya qilingandi, deb xabar beradi tass.ru.