“Isroilning Eron Islom Respublikasi davlat teleradiokompaniyasi binosiga uyushtirgan hujumi oqibatida axborot bo'limi bosh muharriri va kotibiyat xodimi halok bo'ldi”, deyiladi agentlik xabarida.
Avvalroq Eron davlat teleradiokompaniyasi IRIB (“Eron Islom Respublikasi ovozi”) Isroil tomonidan hujumga uchragani haqida xabar bergan edi. Isroil davlat teleradiokompaniyasining Tehrondagi idorasiga zarba bergan lahza “Ikkinchi yangiliklar kanali” orqali jonli efirda namoyish etildi. Shundan so'ng efirda nosozlik yuz berdi. Teleradiokompaniyaning o'zi xabar qilganidek, uning binosiga kamida to'rt marta zarba berilgan. Keyinroq davlat teleradiokompaniyasi Isroilning teleradiokompaniya bosh ofisiga bergan zarbasi oqibatida teleradiokompaniya xodimi halok bo'lganini ma'lum qildi, deb xabar beradi ria.ru.