Bu haqda Qatarning Al Jazeera telekanali BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasiga tayanib xabar berdi.

Isroil armiyasining bosib olingan G'arbiy Sohildagi Tulkarm va Nur-Shams qochqinlar lagerlariga davom etgan reydlari oqibatida 400 dan ortiq uy zarar ko'rdi, ulardan 61 tasi yashash uchun butunlay yaroqsiz holga kelgan, 327 kishi, jumladan, 123 nafar bola o'z uyini tark etishga majbur bo'ldi. Bundan tashqari, lagerlardagi 2,6 kilometrdan ortiq suv va kanalizatsiya tarmoqlari buldozer bilan buzib tashlandi, oqibatda 33 000 dan ortiq falastinlik suvdan mahrum bo'ldi, deb xabar beradi tass.ru.