Isroilning G'azodagi kafega uyushtirgan zarbasi qurbonlari soni 33 nafarga yetdi

    Isroilning Falastin anklavi hisoblanadigan G'azo shahridagi sohil bo'yida joylashagan kafega uyushtirgan zarbasi oqibatida halok bo'lganlar soni 33 nafarga yetdi.

    Bu haqda Falastinning HAMAS harakatiga yaqin bo'lgan Quds portali ma'lum qildi, deb yozadi TASS.

    Portal ma'lumotlariga ko'ra, berilgan zarba oqibatida jarohatlanganlar ham bor, biroq ularning aniq soni keltirilmagan. G'azo Sog'liqni saqlash vazirligi bombardimon oqibatida halok bo'lganlar va yaralanganlar haqidagi ma'lumotga hali rasman izoh bermadi, deb xabar beradi belta.by.

    Avvalroq Al Jazeera telekanali jarohatlanganlar orasida anklavdagi hayot haqidagi reportajlari bilan tanilgan falastinlik jurnalist ham borligi haqida xabar bergan edi.