Isroilning G'azodagi maktabga uyushtirgan hujumi oqibatida kamida 20 kishi halok bo'ldi

    Ma'lumotlarga ko'ra, hujumga uchragan binoda ko'chirilgan minglab odamlar yashagan.

    Isroilning G'azo sektori markaziy qismidagi Nuseyrat lagerida joylashgan Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish bo'yicha BMTning Yaqin Sharq agentligi (UNRWA) maktabiga uyushtirgan hujumi oqibatida kamida 20 kishi halok bo'ldi, o'nlab kishi yaralandi. Bu haqda Al Jazeera telekanali xabar berdi.

    Unga ko'ra, hujumga uchragan binoda ko'chirilgan minglab odamlar yashagan. Falastinning WAFA axborot agentligining xabar berishicha, Nuseyrat shifoxonasiga otishmadan jabrlangan kamida 50 kishi joylashtirilgan.

    UNRWA X (oldingi Twitter) Isroil kuchlari so'nggi 10 kun ichida unga aloqador beshta maktabni nishonga olganini aytdi va xalqaro hamjamiyatni anklavdagi BMT obyektlarini himoya qilishga chaqirdi, deb xabar beradi tass.ru.