Isroil armiyasi hujumlari oqibatida 10 kishi halok bo'ldi. Nuseyrat qochqinlar lageriga uyushtirilgan hujumda 4 kishi halok bo'ldi. G'azo sektori markazidagi Bureyj qochqinlar lageriga uyushtirilgan hujum tufayli olti nafar ayol va bola halok bo'ldi, deya xabar bermoqda Al Jazeera.
May oyi oxirida Isroil mudofaa kuchlari G'azo sektorining Misr bilan chegarasida 14 kilometr uzunlikdagi bufer zona ustidan nazorat o'rnatgan edi. Bundan oldin Isroil armiyasi Rafahdagi falastinlik qochqinlar lageriga raketa va bombali hujum uyushtirgan, oqibatda 40 kishini halok bo'lgan edi, deb xabar beradi mir24.tv.