Ma'lumotlarga ko'ra, halok bo'lganlar orasida besh nafar jurnalist va tibbiyot muassasasining to'rt nafar xodimi ham bor.
Avvalroq telekanal 14 qurbon haqida xabar bergan edi. O'z navbatida G'azo Sog'liqni saqlash vazirligi sakkiz kishi halok bo'lganini ma'lum qildi.
Dushanba kuni anklav Sog'liqni saqlash vazirligi Isroil qurolli kuchlari “Nosir” shifoxonasiga ikki marta zarba bergani haqida xabar berdi. Birinchi snaryad binoning to'rtinchi qavatiga tushgani da'vo qilingan. Ikkinchi zarba qutqaruvchilar vayronalarni tozalash, qurbonlar va jarohatlanganlarni qidirish uchun voqea joyiga etib kelganidan so'ng boshlandi.
9-iyun kuni Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus “Nosir” shifoxonasi G'azo sektori janubida faoliyat yuritayotgan yagona davlat sog'liqni saqlash muassasasi bo'lib qolayotganini aytgandi, deb xabar berdi tass.ru.