Isroilning G'azoga bergan zarbalari oqibatida bir kun ichida kamida 81 kishi halok bo'ldi

    Isroilning G'azo sektori markaziga bergan zarbalari oqibatida so'nggi 24 soat ichida kamida 81 falastinlik halok bo'ldi. Bu haqda Qatarning Al Jazeera telekanali xabar berdi.

    Harbiylarning nishonlari Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish bo'yicha BMTning Yaqin Sharq agentligi turar-joy binolari va vaqtinchalik joylashtirish markazlari bo'ldi. Isroil aviatsiyasi Nusayrat qochqinlar lageri va Dayr al-Baloh shahrining g'arbiy qismiga, jumladan Al-Mavasi hududi va Al-Burij qochqinlar lageriga hujumlar uyushtirdi, deb xabar berdi telekanal.

    Al Jazeera telekanali ma'lumotlariga ko'ra, Isroilning Falastinga qarshi 2023-yil 7-oktabrdan buyon davom etayotgan harbiy tajovuzi oqibatida 38 794 kishini hayotdan ko'z yumdi, ularning aksariyati ayollar va bolalardir, 89 364 nafar falastinlik jarohat oldi, deb xabar beradi tass.ru.