Isroilning G'azoga uyushtirgan zarbalari oqibatida 100 nafardan ortiq chaqaloq halok bo'ldi

    Isroilning G'azo sektoriga 2023-yil 7-oktabrdan beri davom etayotgan zarbalari oqibatida 115 nafar yangi tug'ilgan chaqaloq halok bo'ldi.

    Bu haqda G'azo sektoridagi Falastin sog'liqni saqlash vazirligi ma'lum qildi.

    Isroil armiyasi mazkur hududdagi tinch aholiga qarata hujumlar uyushtirishda davom etmoqda.

    Bir kun avval falastinlik Kumane Orif va uning to'rt kunlik egizaklari Aysel va Aser anklavning markaziy qismidagi Deyr-al-Balax shahridagi uyni Isroil tomonidan o'qqa tutishi qurboni bo'ldi.

    Oila boshlig'i Muhammad al-Kumsan tug'ilganlik haqidagi guvohnomalarni olishga borganida chaqaloqlarning o'limi haqida xabar topgan.

    Isroilning G'azodagi tajovuzi qurbonlari soni allaqachon 39 929 kishiga yetdi. Ularning 16 314 nafari bolalar, 10 980 nafari ayollardir. Anklavning 92 240 nafar aholisi jarohatlandi, deb xabar beradi aa.com.tr.