Toshkentda “Qirgʻiz temir yoʻli” milliy kompaniya davlat korxonasi rahbari Vasiliy Dashkov boshchiligidagi delegatsiyaning “Oʻzbekiston temir yoʻllari” boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi Xusnutdik Xosilov bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda yoʻlovchi poyezdi qatnovini tiklash masalasi boʻyicha bir qarorga kelingan. Eslatib oʻtamiz, temir yoʻl sostavining qatnovi oʻtgan yilda koronavirus pandemiyasi vaqtida vaqtincha toʻxtatilgan edi.
Rejaga koʻra, poyezd may oyidan boshlab besh oy davomida haftasiga bir marta qatnovni amalga oshiradi.
Toshkent – Baliqchi – Toshkent boʻyicha qatnov birinchi marotaba 2019-yilda turistik mavsum vaqtida yoʻlga qoʻyilgan edi.









