Taʼkidlanishicha, 2025–2026-yillar isitish mavsumiga tayyorgarlik doirasida belgilangan jadvalga muvofiq mexanik mustahkamlik sinovlari oʻtkazilgan va bu tegishli tartibda tayyorgarlik bilan amalga oshirilgan.
Jadvalga muvofiq, 2025-yil 10-iyul kuni soat 10:40 da TC-10 qozonxonasi hududida, M 0-16 va M 0-17 issiqlik kamerasi oraligʻida, Olmozar tumanidagi Farobiy va Shifokorlar koʻchalari kesishmasida joylashgan issiqlik tarmogʻi uchastkasida 16 ati bosimdagi (atmosfera) mexanik mustahkamlik sinovlari oʻtkazildi.
Sinovlar davomida 12,6 ati bosimda diametri 800 mm boʻlgan trubada suv chiqishi kuzatildi. Ushbu issiqlik tarmogʻi uchastkasi 1989-yilda ekspluatatsiyaga topshirilgan.
Yaqin atrofdagi doʻkonlarga moddiy zarar yetgan — umumiy maydoni 8 m² boʻlgan oyna vitrinalari singan. “Veolia energy Tashkent”ning Olmazor tumani boʻlimi boshligʻi Baxtiyor Rasulovning maʼlumot berishicha, kompaniya sugʻurta mablagʻlari hisobidan yetkazilgan zarar toʻliq qoplab beriladi.








