Issiqlik energiyasidan aholining 2 trln 100 mln soʻm qarzdorligi bor

    Energetika 28 Oktabr 2021 1098

    Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan matbuot anjumanida Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri oʻrinbosari Qurbon Tursunov maʼlum qildi.

    «Respublika boʻyicha yetkazib berilgan issiqlik energiyasi uchun aholining debitor qarzdorligi 2 trln 100 mln soʻmga teng.

    Issiqlik taʼminoti korxonalarining gaz, elektr va sovuq suvdan qarzi — ikki yarim trillion soʻmni tashkil etmoqda. 20 ta issiqlik taʼminoti korxonasi joylarga chiqib, aholiga tushuntirish ishlarini olib bormoqda. Iloji boʻlmagan hollarda yozma ogohlantirishlar taqdim etmoqda, sud organlariga murojaat qilib, majburiy tartibda undirish choralari koʻrilmoqda.

    Aholining toʻlov intizomiga amal qiladigan qismi 50-60 foizdan iborat. Qolgan 35-40 foiz aholiga shu kabi choralar koʻrilmasa, toʻlovni undirish imkoniyati chegaralangan».