Issiqlik taʼminoti kompaniyasi daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi

    “Biz oilaga har qanday yordamni taqdim etishga tayyormiz. Bu fojiali yoʻqotish va hech bir soʻz bilan ifoda etib boʻlmas musibat ekanligini anglaymiz. Qizaloq oilasiga chuqur taʼziyamizni bildiramiz.”

    Veolia Energy Tashkent kompaniyasi daraxt qulashi oqibatida halok boʻlgan qizning oila aʼzolariga hamdardlik bildirdi.

    "Biz oilaga har qanday yordamni taqdim etishga tayyormiz. Bu fojiali yoʻqotish va hech bir soʻz bilan ifoda etib boʻlmas musibat ekanligini anglaymiz. Qizaloq oilasiga chuqur taʼziyamizni bildiramiz.

    Ayni damda kompaniyamiz keng qamrovli tekshiruv ishlarini olib bormoqda va masʼul shaxslarga nisbatan choralar koʻradi, shuningdek, ish jarayonlariga, shu jumladan taʼmirlash ishlariga oʻzgartirishlar kiritadi.

    Koʻrib chiqilayotgan imkoniyatlar:

    • daraxtlar va boshqa koʻp qavatli obyektlar yaqinida ish olib borilganda, amaldagi meʼyorlarda nazarda tutilganidan kattaroq maydonni toʻsib qoʻyish;
    • xavfli zonaning perimetri atrofida odamlarning kirishini cheklash uchun ishchi xodimlarni joylashtirish.

    Bundan tashqari, agar ishlar potensial xavfli obyektlar (quruq daraxtlar, eskirgan inshootlar va boshqalar) yaqinida amalga oshirilsa, tayyorgarlik tadbirlarini oʻtkazish uchun maxsus xizmatlarni jalb qilish (quruq daraxtlarning shoxlarini kesish, beqaror inshootlarni demontaj qilish, va boshqalar)", - deyiladi xabarda.

    Eslatib oʻtasiz, Chilonzor tumanida 1 yoshli qiz vafot etganligi holati yuzasidan prokuratura tomonidan JKning 186-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgandi.

    Suv quvurlarini taʼmirlash ishlarini amalga oshirayotgan ishchilar xavfsizlik choralariga rioya qilmasdan, maxsus texnika yordamida qazish ishlarini olib borishi oqibatida daraxtning ildizi ochilgan va oʻz vaznini koʻtara olmay yiqilgan.