Issiqxona gazlarining chiqarilishi cheklanadi

    Yashil sayyora 8 Iyul 2025 1423

    “Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–1073-son, 07.07.2025-y.) qabul qilindi.

    Qonunga koʻra, issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash choralari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

    • davlat hisobini yuritish;
    • maqsadli koʻrsatkichlarni belgilash;
    • issiqxona gazlarining chiqarilishini qisqartirish va ularning tutib qolinishini oshirish boʻyicha faoliyatni qoʻllab-quvvatlash.

    Shuningdek, yuridik shaxslar, YATT va jismoniy shaxslar “yashil” loyihalarni amalga oshirish huquqiga ega.

    Oʻzbekiston hududida amalga oshiriladigan “yashil” loyihalar natijasida qisqartirilgan issiqxona gazlari davlat tomonidan toʻliq tasarruf etiladi.

    “Yashil“ loyihalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar uglerod birliklari reyestriga kiritiladi.

    Bundan tashqari, Qonunda “yashil” loyihani amalga oshirish toʻgʻrisidagi hisobotda koʻrsatilgan “yashil” loyihani bajarish natijasida hosil boʻlgan uglerod birliklari verifikatsiya qilinishi koʻzda tutilgan.