Tadbirda, fuqaro D.V.ga boshqa maqsadlarda foydalanmaslik sharti bilan Samarqand tumani hududidan yengil konstruksiyali issiqxona tashkil qilish uchun 5 yil muddatga ajratilgan 0,90 gektar yer maydonini fuqaro S.ga firibgarlik yoʻli bilan 40 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, oldindan 20 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov haraktlari oʻtkazilmoqda.