Qoratepa qishlogʻida Ubaydullayev Najmiddin xonadonida issiqxona tashkil etish maqsadida olib borayotgan qazish ishlari natijasida yer bir metr chuqurlikda qazilganda bus-butun holda saqlangan nomaʼlum hayvon suyak qoldiqlariga duch keladi.
Va bu haqda Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyiga bu haqda maʼlumot berildi. Muzey xodimlari va Namangan davlat universitetining arxeologiya kafedrasi mutaxassislari bilan birgalikda xonadonga borib tekshirish ishlarini olib bordilar.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra mazkur hayvon skeleti dinozavrlarning indrokateriy turiga mansub yirik sut emizuvchi ekanligi taxmin qilinmoqda. Voqealar rivoji bilan yana tanishtirib boramiz, deb xabar beradi Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi matbuot xizmati.