Koʻp qavatli binolarning yer ostki qavatlarida yashovchilarning uylari 120 sm.gacha suv toʻlishi oqibatida 30 yoshlar atrofidagi suriyalik mehmon vafot etdi.

Turkiyaning qutqaruv tizimi xodimlari tomonidan yosh bolalar, nogiron va seldan xabarsiz qolib yengil yaralangan kishilar qutqarildi va kasalxonalarga yotqizildi.

Shuningdek, kuchli shamol ham roʻy berdi. “Xabar” telekanali muxbiri Melis Jushan Istanbulning Beshiktosh tumanida jonli efir jarayonida ustiga daraxt yiqilib, yaralandi. Yoʻlda harakatlanayotgan katta yuk mashinalarini kuchli shamol agʻdarib yubordi.

Istanbul, Chatalja va  Xadimkuy tumanlarida 2 ta katta tornado paydo boʻldi.

Voqea joyiga yetib kelgan Istanbul shahar hokimi boshpanasiz qolgan aholiga yordam koʻrsatilishiga vaʼda berdi.

Ofatdan eng koʻp zarar koʻrgan tumanlar Esenyurt, Beyliktuzu, Kuchukchekmeje, Buyukchekmeje, Chatalja, Silivri Xadimkuy boʻldi.

Gulnoza Muftizoda,

Turkiyadan "Yangi Oʻzbekiston" uchun maxsus