“Yerning o'pirilishi sodir bo'ldi, shundan so'ng bitta turar-joy binosi qulab tushdi. Aholi o'z vaqtida evakuatsiya qilingani tufayli hech kim jabrlanmadi”, deydi o't o'chiruvchilar.
AHaber telekanali xabariga ko'ra, binoning qulashiga unga yaqin hududda metro bekati qurilishi sabab bo'lgan. Ijtimoiy tarmoqlarda balandligi 3 va 4 qavatli ikki podyezdli binoning qulashi aks etgan video e'lon qilindi, kamida bitta mashina ham yer ostiga tushib ketgan.
Umraniya viloyatida M12 yangi metro yo'nalishini qurish ishlari olib borilmoqda, dastlabki stantsiyalarning ochilishi 2025-yilga mo'ljallangan, deb xabar beradi ria.ru.