Bu haftada Turkiyaga yetib kelgan “Afrika changi”, shamol yo'qligi va doimiy tirbandlik tufayli shahardagi havo sifati bilan bog'liq qiyin vaziyat yuzaga keldi. Shaharda havo harorati +20 darajadan yuqori, ko'rish sezilarli darajada pasaydi. Sinoptiklarning bashorat qilishicha, hafta oxirigacha shahar changdan “xalos bo'ladi”.
Istanbul ma'muriyati huzuridagi havo sifati monitoringi markazi ma'lumotlariga ko'ra, shaharning Osiyo qismidagi Gyoztepe tumanida PM10 zarrachalar darajasi 300 indeksidan oshib ketgan, shahar ma'muriyati tasnifiga ko'ra bu “xavfli” darajadir. Ochiq havoda sayr qilmaslik, sport bilan shug'ullanmaslik tavsiya etildi, deb xabar beradi ria.ru.