Turkiya OAVlarining xabar berishicha, yong'in binoda to'xtab turgan avtomobillarga ham zarar yetkazgan.
Ayni paytda yong'inni o'chirish va uning mazkur tumandagi avtomobillarga yonilg'i quyish shoxobchasi va tabiiy gaz rezervuarlariga tarqalishining oldini olish choralari ko'rilmoqda.
Yong'inning tez tarqalishi tufayli hududga ko'p sonli o't o'chirish brigadalari jalb qilingan.
Yong'in sabablari hozircha noma'lum, deb xabar beradi report.az.