Istanbulda mashhur tenor Andrea Bochellining 30 yillik yubiley konserti bo‘lib o‘tdi

    Madaniyat 12 Iyun 2024 270

    Turkiyaning madaniyat va san’at poytaxti Istanbulda taniqli tenor Andrea Bochellining 30 yillik yubiley konserti bo‘lib o‘tdi.

    Italiyalik superyulduz musiqa olamidagi uchinchi 10 yilligini butun dunyo bo'ylab jonli chiqishlari bilan nishonlashda davom etar ekan, uning Istanbul chiptalari bir necha oy oldin o‘z egalarini topgandi.

    30 yillik yubiley konsert safari Braziliyadan keyin Istanbulda davom etdi va Beshiktosh Tuprash stadionida konsert munosabati bilan 30 ming tenor shaydolari yig‘ildi. Konsertda Andrea Bochelliga Istanbul davlat simfonik orkestri va Istanbul opera xori hamrohlik qildi.

    30 yillik yubiley konserti Turkiyada bir tenor ijro etgan ilk stadion konserti bo'lgani uchun ham barchaning e'tiborni tortdi. Tenor ixlosmandlarining konsertni butun Turkiya bo‘ylab va xorijdan tomosha qilishlari hamda muhtasham ijro Istanbulning madaniy boyligini yana bir bor ochib berdi. Konsert Italiya, Angliya va AQShda davom etadi.