22 Fev 2025
06:03

    Istanbulda qoʻlbola aroqdan vafot etgan oʻzbekistonliklar soni 23 nafarga yetdi

    Vafot etgan barcha fuqarolarning jasadlarini Oʻzbekistonga olib ketish boʻyicha Tashqi ishlar vazirligi va Migratsiya agentligi tomonidan tegishli konsullik, huquqiy va tashkiliy yordam koʻrsatilmoqda.

    Qayd etilishicha, shu yilning 30-yanvar holatiga koʻra, Turkiya hududida soxta spirtli ichimlikdan zaharlangan Oʻzbekiston fuqarolari soni 23 nafarga yetdi. Ularning ikki nafari — ayol.

    Maʼlumotlarga koʻra, baʼzi vatandoshlarimiz davolanish kursini yakunlab, shifoxonadan chiqishgan, ayrimlari esa tibbiy muolajalarni davom ettirmoqda.

    Oʻzbekistonning Anqaradagi elchixonasi va Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ushbu masala boʻyicha nazoratni davom ettirmoqda.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech