Ma'lumotlarga ko'ra, yil boshidan buyon suv omborlariga tushgan yog'ingarchilik miqdori har kvadrat metrga 400 millimetrdan kam. Avvalgi qurg'oqchilik mavsumlarda ham bu ko'rsatkich yuqoriroq edi.

Metropolisda mavjud suv miqdori aholi jon boshiga o'rtacha to'rt kubometrgacha kamaydi.

Ommaviy axborot vositalarining qayd etishicha, so'nggi yillarda rasmiylar Istanbul uchun yangi suv manbalarini topa olmayapti. Tez orada shahar aholisining o'z uylarida sifatsiz suvdan foydalanish muammosiga duch kelishi xavfi mavjud.

Avgust oyida Istanbul hukumati poytaxtdagi inqirozli vaziyat tufayli aholini imkon qadar suvni tejashga chaqirgan edi. Aholidan avtomashina yuvmaslik, maishiy ehtiyojlar uchun suvni kamroq ishlatish tavsiya etildi. 20-avgustdan boshlab bog' va maysazorlarni sug'orish uchun suv berish vaqtincha to'xtatildi, deb xabar beradi mir24.tv.