Istanbuldagi portlashda vafot etgan va yaralanganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari yoʻq

    Kecha Istanbul shahri Istiqlol koʻchasida sodir boʻlgan portlash oqibatida yaralangan va shifoxonaga keltirilganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari qayd etilmagan.

    Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi maʼlum qildi.

    Taʼkidlanishicha, ushbu portlash oqibatida yaralangan 81 nafar shaxsdan 8 nafari xorijiy davlat fuqarolari boʻlgan.

    Shu bilan birga, rasmiy maʼlumotlarda eʼlon qilingan 6 nafar vafot etgan va 81 nafar yaralanganlardan tashqari yengil darajada shikastlanib, shifoxonaga murojaat qilmagan holda tibbiy yordam olgan fuqarolarimiz ham mavjudligi aniqlanmoqda.