Qayd etilishicha, jabrlanganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari mavjudligiga mahalliy hokimiyat idoralari orqali aniqlik kiritilmoqda.
Bosh konsulxona ota-onalardan farzandlarini begona shaxslarga ishonib, chet eldagi norasmiy diniy taʼlim muassasalariga yubormaslikni, ularning taqdiri va xavfsizligi – ota-onalarning eʼtibori va masʼuliyatiga bogʻliq ekanini eslatdi.
Shuningdek, Bosh konsulxona fuqarolarda shubhali taʼlim muassasalari yoki bolalar huquqlariga tajovuz holatlari haqida aniq maʼlumot boʻlsa, darhol Bosh konsulxonaga murojaat qilishlarini soʻragan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq yuqoridagi holat bilan bogʻliq boʻlmagan holda, Turkiya hududida noqonuniy faoliyat yuritayotgan yashirin diniy taʼlim muassasalarida voyaga yetmagan Oʻzbekiston fuqarolariga nisbatan jinsiy zoʻravonlik holatlari aniqlangani va bir qator shaxslar javobgarlikka tortilgani.









