Fuqaro (iste'molchi) R.Murtazaev ham 2018 yil sentyabr` oyida Navoiy shahridagi “Darxon” savdo majmuasida joylashgan 140-savdo do'konidan kafolat muddati 3 yil etib berilgan, qiymati 10 million so'mlik isitish qurilmasini xarid qilayotganida bu haqda o'ylamagan edi.

Ammo qurilma kafolat muddatining ikkinchi yilida, ya'ni 2019 yil noyabr` oyida nosoz holga kelib qolganida, iste'molchi savdo xodimiga murojaat qilib, isitish qurilmasini sifatlisiga almashtirib yoki ta'mirlab berishni so'rashga majbur bo'ladi. Savdo xodimining rad javobidan so'ng fuqaro R.Murtazaev Navoiy shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat qilib, ushbu masalada amaliy yordam so'raydi.

Afsuski, ushbu masala yuzasidan savdo xodimiga mutaxassislar ishtirokida iste'molchining huquqlari yuzasidan o'tkazilgan tushuntirish ishlari ham foyda bermadi.

SHundan so'ng Navoiy shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan iste'molchi R.Murtazaev manfaatini ko'zlab, Fuqarolik ishlari bo'yicha Karmana tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritildi. Natijada Fuqarolik ishlari bo'yicha Karmana tumanlararo sudining tegishli qaroriga asosan, savdo xodimi 10 million so'mlik isitish qurilmasini yangisiga almashtirib berdi va iste'molchiga etkazilgan ma'naviy zarar uchun 300 000 so'm tovon puli ham to'ladi.