Ushbu hamkorlik doirasida “Real Soft” tomonidan “Iste’molchi” mobil ilovasi ishlab chiqildi. Ilovada moddiy ta’minotning ochiqligini ta’minlash, yashirin iqtisodiyotga chek qo‘yish, norasmiy ish o‘rinlarini kamaytirish, soliq yuki va to‘lovlar shaffofligini oshirishga qaratilgan bir qator funksional imkoniyatlar yaratilgan.
Shuningdek, iste’molchilar o‘z huquqlari buzilgan holatlarda federatsiyaga tezkor murojaat yuborish imkoniga ega bo‘ladilar. Ilovaga kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan “Yashil to‘lov” tizimi ham integratsiyaqilinadi.
“Iste’molchi” mobil ilovasi federatsiya xodimlari va a’zolariga iste’molchilar huquqlarini buzuvchi holatlarni aniqlash va samarali nazorat qilish imkonini beradi. Shu bilan birga, foydalanuvchilarga huquqiy savodxonlikni oshirish maqsadida video yo‘riqnomalar, testlar va electron sertifikatlar ham taqdim etiladi.
Ushbu innovatsion yechimlar sohadagi huquqbuzarliklarni kamaytirish, tadbirkorlarni qonuniy faoliyat yuritishga yo‘naltirish hamda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishda yangi bosqichni boshlab beradi.
Ma’lumot uchun, “Real Soft” MCHJ O‘zbekistonda 200 dan ortiq dasturiy yechimlarni amalga oshirgan. Xususan, kompaniya “Oila kredit”, “Online Mahalla”, “Nodavlat Bog‘cha” va “Keeping.uz” kabi yirik loyihalar muallifi hisoblanadi.
U IT Park rezidenti sifatida davlat va xususiy tenderlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Kompaniya xalqaro miqyosda ham faoliyat yuritadi:
– Real Soft Americas (Denver, AQSh) – Amerika qit’asi bozorlariga xizmat ko‘rsatadi;
– Real Soft Europe (London, Buyuk Britaniya) – Yevropa bozoriga yo‘naltirilgan;
– Real Soft Asia (Kuala Lumpur, Malayziya) – Osiyova MENA mintaqasi uchun yechimlar taqdim etadi.
Ma’lumot uchun, Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 2018-yildan Xalqaro isteʼmolchilar tashkiloti (Consumers International)ga MDHga aʼzo mamlakatlarda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyat yuritayotgan davlat va nodavlat tashkilotlar orasida toʻlaqonli aʼzo sifatida qabul qilingan yagona isteʼmolchilar tashkiloti hisoblanadi.
Xalqaro isteʼmolchilar tashkiloti (Consumers International) 1960-yilda tashkil etilgan isteʼmolchilar tashkilotlarining global tarmogʻi boʻlib, unga dunyoning barcha qitʼalaridagi 100 dan oshiq mamlakatning 200 dan ortiq isteʼmolchilar tashkilotlari aʼzo.
Tashkilot BMTda maslahatchilik maqomiga ega, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotida (OECD) maxsus iqtisodiy guruhi va Xalqaro standartlashtirish tashkilotining (ISO) maslahat guruhi tarkibiga kiradi.
Matbuot xizmati









