Iste'molchi murojaati bir kunda o'z yechimini topdi

    2020-yil 30-dekabr kuni “Cobalt” rusumli mashinaga 97.083.000 so'm to'lov qilingan.

    Joriy yilning 3-may kuni Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumani “Hayit Obod” MFYda yashovchi fuqaro S. Bektemirov O'zbekisston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga ariza bilan murojaat qiladi.

    Iste'molchi ta'kidlashicha, Termiz shahrida joylashgan “Surxondaryo Avto TEX Xizmat” MCHJ bilan 2020-yil 30-dekabr kuni “Cobalt” rusumli mashinaga 97.083.000 so'm to'lov qilgan va shartnoma shartiga ko'ra, 2021-yil 30-aprel kuniga mashinani iste'molchiga topshirilishi ko'rsatilgan ammo muddat tugagani va xaridorga mashina topshirilmaganidan norozi bo'lganligini aytib o'tadi.

    Ushbu murojaat Federatsiyaning Termiz shahar jamiyati tomonidan o'rganib chiqilishi natijada mashina o'z egasiga olib berildi.