Unda isteʼmolchilar “Chortoq momiq quyonlari” MCHJ bilan 2020-yil 20-noyabr kuni tuzilgan shartnomaga koʻra, fuqarolarga berilishi kerak boʻlgan 97 000 000 (toʻqson yetti milion) soʻmlik zotli quyonlarni bermasdan kelayotganidan shikoyat qilgan.
Ushbu murojaat oʻrganilishi natijasida Federatsiya masʼullari tomonidan Fuqarolik ishlari boʻyicha Yangiqoʻrgʻon tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritildi, Shundan soʻng sud qaroriga asosan “Chortoq momiq quyonlari” MCHJ tomonidan keltirilgan 97 000 000 soʻm hamda 2 000 000 soʻm maʼnaviy zarar jami – 99 000 000 soʻm undirib berish haqida hal qiluv qarori chiqarildi.