Isteʼmolchilar foydasiga salkam 1,5 milliard soʻm mablagʻlar qayta hisob-kitob qilib berildi

    Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Fargʻona viloyat hududiy birlashmasi, oʻtgan toʻqqiz oy davomida isteʼmolchilardan kelib tushgan 685 ta murojaatlarni oʻrgandi.

    Unga koʻra, umumiy qiymati 1 mlrd 468 mln 649 ming 289 soʻm mablagʻlar isteʼmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilib berildi. Uning 2 mln. 430 ming 288 soʻmi nazorat qiluvchi idoralar yordamida, 4 mln. 911 ming soʻmi esa sud idoralari yordamida hal qilindi.

    Murojaatlarning 361 tasi yozma, 309 tasi ogʻzaki va 15 tasi elektron shaklda qabul qilib olingan. 14 ta murojaat Hukumat idoralaridan, 160 tasi Federatsiya ishonch telefoni va telegram boti orqali kelib tushgan, 511 ta murojaat hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlariga toʻgʻridan-toʻgʻri yozma va ogʻzaki ravishda kelgan.

    Hududiy birlashma axborot xizmati maʼlumotlari koʻra, tizimda tashkillangan “Isteʼmolchi bilan muloqot” huquqiy maslahatxonalari orqali 373 nafar fuqarolarga bepul huquqiy maslahat, yuzma-yuz muloqotlar davomida tizim tashkilotlari rahbar xodimlari tomonidan 500 nafar fuqarolarga huquqiy va amaliy yordamlar koʻrsatildi.

    Rasuljon Kamolov,

    “Yangi Oʻzbekiston” muxbiri.