Isteʼmolchilar haqi olib berildi

    Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga Kosonsoy tumani Chindovul qishlogʻida yashovchi T.A. murojaat qildi.

    Fuqaroning qayd etishicha, u xarid qilgan 52 ta shifer sifatsiz, siniq chiqqan. Xaridorning bir bor murojaatiga qaramay, doʻkon egasi tomonidan shu kunga qadar yangisiga almashtirib berilmagan.

    Yana bir murojaat Yangiqoʻrgʻon tumanida istiqomat qiluvchi N.M.dan kelgan. Unda yozilishicha, fuqaroning Chortoq tumanida joylashgan “ABDURAHMON AYUBXON GROUP” XKdan “Namangan-Xabarovsk” yoʻnalishi boʻyicha bekor qilingan aviachiptasi puli qaytarilmagan.

    Bundan tashqari, Uychi tumanida yashovchi M.Sh. ham “New cattle beed” MCHJ tomonidan ikki tomonlama shartnoma asosida yuborilgan ikki bosh zotdor qoramolning biri uch kun ichida oʻlib qolganidan norozi boʻlib murojaat etgan.

    Mazkur murojaatlar oʻrganilishi natijasida isteʼmolchilar foydasiga qariyb 35 million soʻm undirib berilishiga erishildi, deb beryapti jamiyatlari federatsiyasi axborot xizmati.