Mazkur ariza va shikoyatlarning 5564 tasi yaʼni, 92,9 % ijobiy hal etilishi natijasida isteʼmolchilar foydasiga jami 10 541 194 603 (oʻn milliard besh yuz qirq bir million bir yuz toʻqson toʻrt ming olti yuz uch) soʻm yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berildi.

Federatsiya va uning hududiy ijro organlari tomonidan, isteʼmolchilardan tushgan 21 ta murojaat asosida isteʼmolchilarning manfaatlarini koʻzlab sud organlariga daʼvo arizalari kiritilishi va ijobiy hal etilishi natijasida 326 312 875 (uch yuz yigirma olti million uch yuz oʻn ikki ming sakkiz yuz yetmish besh) soʻm moddiy va maʼnaviy zararlar isteʼmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.

Bundan tashqari, Federatsiya va uning hududiy ijro organlari tomonidan, isteʼmolchilardan tushgan jami 58 ta murojaat yuzasidan ularning qonuniy manfaatlarini koʻzlab, nazorat organlariga tegishli murojaatlar yoʻllanib, ijobiy hal etilishi natijasida isteʼmolchilar foydasiga 27 965 000 (yigirma yetti million toʻqqiz yuz oltmish besh ming) soʻm mablagʻ qayta hisob-kitob qilinishiga erishildi.

2020-yilning 3-choragi davomida Federatsiya va uning hududiy boʻlinmalariga fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlar sohalar kesimida tahlil qilinganda, isteʼmolchilardan kelib tushgan murojaatlarning 2169 tasi (36,2%) savdo sohasiga, 440 tasi (7,3%) gaz taʼminoti sohasiga, 597 tasi (10,0%) elektr taʼminoti sohasiga, 298 tasi (5,0%) suv taʼminoti sohasiga, 234 tasi (3,9%) kommunal xizmat sohasiga, 75 tasi (1,3%) sogʻliqni saqlash sohasiga, 280 tasi (4,7%) xizmat koʻrsatish (servis) sohasiga, 90 tasi (1,5%) transport sohasiga, 268 tasi (4,5%) aloqa (va internet) sohasiga, 762 tasi (12,7%) esa boshqa sohalarga toʻgʻri kelishini koʻrishimiz mumkin.

Federatsiya tizimida tashkil qilingan 1091 qisqa raqamli yagona ishonch telefoniga fuqarolar tomonidan hisobot davrida jami 2229 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib ushbu murojaatlarning qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqilishi natijasida 2073 tasi ijobiy hal etilishiga erishildi.

Mazkur ijobiy hal qilingan murojaatlar natijasida 4 154 173 180 (toʻrt milliard bir yuz ellik toʻrt million bir yuz yetmish uch ming bir yuz sakson) soʻm mablagʻ isteʼmolchilar foydasiga undirilgan.

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish

jamiyatlari federatsiyasi matbuot xizmati