Qarorga koʻra, 2026-yil 1-martdan boshlab raqamli markirovka tizimi joriy qilingan tovarlarning yaroqlilik muddati oʻtgan boʻlsa, ularning savdosi ushbu tizim orqali avtomatik ravishda cheklanadi.
Bunda raqamli markirovkalangan muddati oʻtgan tovarlarga nazorat-kassa texnikalarida xarid cheki chiqarilmaydi.
2025-yil 15-oktyabrdan 2027-yil 1-yanvarga qadar tajriba tariqasida nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan isteʼmolchilarning murojaatlarini koʻrib chiqish hamda “sirli mijoz” va nazorat xaridi tadbirlarini oʻtkazish tartibi joriy etiladi.
Isteʼmolchilarning murojaatlarini koʻrib chiqish samaradorligini oshirish maqsadida 2025-yil 1-dekabrdan boshlab “isteʼmolchi–tadbirkor–nodavlat notijorat tashkilotlar–davlat organlari” tizimi joriy etiladi.









