Isteʼmolchilardan olingan ortiqcha mablagʻlar qaytarildi — Raqobat qoʻmitasi

    Voqea-hodisalar 24 Fevral 2025 616

    Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan 200 mingdan ortiq isteʼmolchiga 50 milliard soʻmga yaqin mablagʻ qayta hisob-kitob qilinishi taʼminlandi.

    Qayd etilishicha, “Oʻzsuvtaʼminot“ AJ tomonidan Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan Nizomda nazarda tutilgan narx shakllantirish talablari buzilganligi aniqlangan.

    Buning natijasida “Oʻzsuvtaʼminot“ AJ tomonidan 7 mlrd soʻmga yaqin ortiqcha daromad olingani maʼlum boʻlib, tegishli koʻrsatma berildi va ijrosi taʼminlandi.

    Shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari“ AJ korxona va uning hududiy filiallari tomonidan Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi natijasida 5 mlrd soʻmga yaqin ortiqcha daromad olinganligi aniqlanib, isteʼmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilish boʻyicha tegishli koʻrsatma berildi va ijrosi taʼminlandi.