Isteʼmolga yaroqsiz goʻshtlar yoʻq qilindi

    Tashvishli xabar 8 May 2021 761

    Qashqadaryo viloyatda IIB PPX va JTSB Karantin tadbirlarini taʼminlash boʻlinmasi xodimlari hududiy xokimliklar, veterinariya xizmati va boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda viloyat bozorlarida sifatli goʻsht va goʻsht mahsulotlari sotilishini nazorat qilish borasida bir qator ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

    Jumladan, bozorlar va viloyatlararo qatnovchi avtomashinalarda kasallik tufayli majburiy soʻyilgan, oʻlgan qishloq xoʻjaligi hayvonlarining goʻshti, kalla-pocha va boshqa mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi olib sotarlarni aniqlash va ularga nisbatan keskin choralar koʻrilishini boʻyicha dehqon bozorlarida 41, mol bozorlarida 30, va boshqa savdo majmualarida 23, aholi yashash joylarida 38 marotaba profilaktik reydlar hamda targʻibot-tashviqot ishlari olib borildi.

    Xuddi shuningdek, viloyatdan Respublikamizning isteʼmol bozorlariga sifatsiz va isteʼmolga yaroqsiz boʻlgan goʻsht, sut, goʻsht va sut mahsulotlari olib borib sotilishining oldini olish maqsadida, 3 ta viloyatlararo chegarada joylashgan YPX maskanlarida mutasaddi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda maxsus tadbirlar oʻtkazildi.

    Viloyatdagi mavjud bozorlar, savdo obyektlarida joylashgan qassobxonalarda kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyolar bilan savdo qilinishida veterinariya, sanitariya qoidalari va meʼyorlariga rioya etilishi boʻyicha tekshiruvlar va reydlar oʻtkazilib, kamchiliklarga yoʻl qoʻygan va yaroqsiz mahsulot sotgan 74 nafar fuqaroga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

    Jumladan, 2021-yil 7-aprel kun “Mingchinor” muntazam YPX maskanida Kitob tumanida yashovchi fuqaro Sh.B. boshqaruvida boʻlgan “Kiva bongo” rusumli yuk avtomashinasida 600 kg ogʻirlikdagi yirik shoxli mol goʻshtini veterinariya maʼlumotnomalarisiz olib ketayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda bayonnoma rasmiylashtirildi.

    Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

    Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati